Shital Devi bolaligidanoq atrofidagilar uning ustidan kulganini aytadi, ammo bu unga faqatgina yanada koʻproq kuch bergan. Sportchi uzoq yillardan beri kamondan oʻq uzish bilan shugʻullanadi.
Nogironlar aravachasida oʻtirgan raqiblari qoʻli bilan oʻq uzar ekan, Shital Devi qoʻlsiz holda oyoqlari bilan mahoratli tarzda oʻq uzgan. U atigi 1/8 finalgacha chiqa oldi. Ammo shu chiqishlarning oʻziyoq unga misli koʻrilmagan mashhurlik olib keldi.