Markaz — yangiliklar: post #4040 — TG.ME

🚕“Taksi” filmi bosh qahramoni oʻzbekcha reklamada suratga tushdi.

Rejissyor Lyuk Bessonning afsonaviy “Taksi” filmi bosh qahramoni, aktyor Sami Naseri Tashkent Index bozori tomonidan ishlangan reklamada suratga tushdi.

Kartinada FeedUp fast-fud tarmogʻi reklamasini ham koʻrish mumkin. Ikkala brendni nima bogʻlab turishi haqida hech qanday maʼlumot berilmagan. Kuzatuvchilar FeedUp Jahongir Ortiqxoʻjayevga (Toshkentning sobiq hokimi) oʻtgani bilindi, deb izoh qoldirgan.

Reklama rejissyor Sarvar Karimov boshchiligidagi “Media House” kompaniyasi tomonidan tasvirga olingan. Loyihaga aloqador hech qaysi brend va kompaniya reklama uchun sarflangan umumiy summani oshkor qilmagan.

😎@markazpro
October 22, 2023 2.2K 19