“Ekolog” loyihasi xabariga koʻra, turli suratlar tushirilgan suv toshbaqalari 110 000 soʻmdan sotilmoqda.
Guruhdagi yozishmalardan ushbu noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan shaxs margʻilonlik ekani aniqlangan.
“Kimga yoqqan boʻlsa, hozir sotuvda bor”, — deyiladi “Toshbaqalar” guruhida joylangan xabarda. Sotuv jarayoni tez ketayotgani qoʻshimcha qilingan.
“Bu kabi noqonuniy oldi-sotdilar qachon tugaydi? Biz tegishli tashkilotlardan qonuniy chora koʻrishni soʻraymiz”, — deb yozadi “Ekolog” Telegram kanali.