Markaz — yangiliklar: post #4029 — TG.ME

Samarqandlik tadbirkor oʻz oʻqituvchisiga ikki xonali uy sovgʻa qildi

🏠Samarqandlik tadbirkor Sherali Saidov ustoziga bayram munosabati bilan Diamond City turar-joy majmuasidan 2 xonali uy sovgʻa qildi.

Tadbirni shahardagi mashhur “Palma” jamoasi rahbari Abdullo Bahromov olib borgan. U tadbirkorning dil soʻzlarini ustoziga oʻqib eshittirgan.

Videoda oʻqituvchi “Ustoz oldida oʻquvchisining mana bunday ishlari juda ham katta baxt”, — deya hayajonini yashira olmaganini koʻrish mumkin.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ushbu videoni Telegram kanaliga joylab, bundan juda xursand boʻlganini bildirgan.

😎@markazpro
October 2, 2023 1.8K 10