Messenjer kanal nomidan storis joylash funksiyasini ishga tushirdi. U birinchi marta iyul oyida paydo boʻlgan, ammo hali kanallar uchun mavjud emasdi.
Hozirda kanal uchun storis funksiyasini faollashtirish uchun premium obunaga ega obunachilar maʼlum miqdordagi ovozni toʻplashi kerak. Bitta foydalanuvchi bir kunda bitta ovoz bera oladi.
Kanallar maxsus havolalar yordamida ovoz toʻplashi mumkin. Bizda ham shunday havola mavjud. Agar siz “Markaz” kanalida storis paydo boʻlishini istasangiz, buning uchun ovoz bering.
Agar havola ishlamasa, telefoningizdagi Telegram ilovasini yangilang.