Markaz24.uz | Navoiy Kanal: post #27294 — TG.ME

🔴 TAYINLOV

✅ Tegishli buyruqqa ko‘ra, Yaxshiliqov Mavlon Abdashim o‘g‘li — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.


🗓 M.Yaxshiliqov 2024-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.

➡️ U mehnat faoliyati davomida Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib, soha faoliyatini axborot jihatdan yoritish va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida tajriba orttirgan.

Tayinlovga qadar M.Yaxshiliqov boshqarma tizimida faoliyat yuritib kelgan.

📌 Yangi lavozimida Mavlon Yaxshiliqovga jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda axborot siyosatini yanada takomillashtirish borasidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!