Marhamat tumanida ''Andijon viloyati hokimi kubogi'' uchun Shaxmat musobaqasi o'tkazildi.
Yoshlarni ''Vatanparvarlik'' ruhida tarbiyalash hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ''Andijon viloyati hokimi kubogi'' uchun 16-30 yosh toifasidagi mahalla yoshlari o'rtasida sportning shaxmat turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Musobaqa Marhamat tumani Alitepa MFY hududida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida tashkil etildi.
Musobaqada mahallardan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida sportchilar yuqori tayyorgarlik va qat’iyat namoyon etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo'lgan sportchilar munosib taqdirlandilar.
Bunday musobaqalar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shaxmat sportini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
📢 @Marhamat_Bugun | Eng tezkor va ishonchli yangiliklar
September 8, 2026 1.3K









