Savollar!
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlaridan keyin kelgan ummatlarini qanday tanib olaman deganlar?
A) Aytgan zikridan
B) Goʻzal xulqidan
C) Bergan ehsonidan
D) Qilgan tahoratidan
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam manabu 3ta joydan boshqa joylarga ibodat niyatida ziyorat qilinmaydi deganlar.
Siz esa shu 3ta joyga qo'shilgan xato variantni toping?
A) Masjidul Aqso
B) Masjidul Qubo
C) Masjidul Xaram
D) Masjidul Nabaviy
3. "Siz qarindoshlik aloqalarini (yaxshi)qilasiz va toʻgʻri soʻzlaysiz"
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu soʻzlarni kim aytgan?
A) Umar roziyallohu anhu
B) Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu
C) Hadicha onamiz
D) Oisha onamiz
4. Johilyat davrida mushriklar qiz farzanda ko'rsa, u qizi necha yoshga toʻlgach, uni chuqurga koʻmib o'ldirar edi?
A) 6 yosh
B) 10 yosh
C) 7 yosh
D) 9 yosh
5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sofiya bintu Xuyay onamizga qaysi jangdan soʻng uylanadilar?
A) Banu Nazr
B) Haybar
C) Xandaq
D) Banu Mustaliq
6. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biron safarga chiqmoqchi boʻlsalar oʻzi bilan qaysi ayoli borishini qanday aniqlar edilar?
A) Taqvosiga qarab
B) Qura orqali
C) Yoshiga qarab
D) Ilm darajasiga qarab
7. Shurayh ibn Honiy rohimahulloh Oisha onamizda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirganlarida birinchi nima qilardilar deb soʻraganida?, Oisha onamiz nima deb javob berganlar?
A) Namoz oʻqirdilar
B) Tahorat qilardilar
C) Misvok ishlatardilar
D) Biz bilan tabassum ila soʻrashardilar
8. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hijoma qildirganlarida Hijomachiga qancha pul berganlar?
A) yarim dirxam
B) bir dinor
C) yarim dinor
D) bir dirxam
9. "Albatta Alloh va uning farishtalari paygʻambarga salovat aytadilar, Ey mo'minlar(sizlar ham) unga salovatu-salom aytinglar"
Qaysi sura oyati?
A) Oli imron 84
B) Niso 17
C) Baqara 193
D) Ahzob 56
10. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zi hadisi muboraklarida ibodatning mag'zi deb nimani aytganlar?
A) Tahoratni
B) Ixlosni
C) Duoni
D) Istigʻforni
11. Abu Shurayih al Kabiy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mehmonni siylash haqqi necha kun deganlar?
A) 1 kun
B) 7 kun
C) 3 kun
D) O'zi ketgunicha
12. "Islomni qabul qilganimdan beri Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni (huzurlariga kirishdan) man qilmas edilar va qachon meni ko‘rsalar, yuzimga tabassum bilan boqar edilar".
Bu soʻzlar muallifi kim?
A) Imron ibn Husayn roziyallohu anhu
B) Huzayfa roziyallohu anhu
C) Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu
D) Ikrima roziyallohu anhu