AMALDAGI NIZOMGA KOʻRA MMIB DIREKTOR OʻRINBOSARLARINING HUJJATLARI… — MAKTAB️ — TG.ME

⚡️AMALDAGI NIZOMGA KOʻRA MMIB DIREKTOR OʻRINBOSARLARINING HUJJATLARI ANIQ BELGILAB BERILGAN.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 23-avgust kungi 273-sonli buyrug‘iga asosan MMIBDO‘ tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

🔹yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlar rejasi, muhim tashabbuslar va taʼlim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

🔹voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasiga doir hujjatlar toʻplami (Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlarning profilaktik hisobida turuvchi oʻquvchilar yigʻma jildlari, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi yoʻnalishiga oid yuqori tashkilotlarning hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

🔹“Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi
faoliyatiga doir hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlarning hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar);

🔹oʻquvchilar davomati va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga doir hujjatlar toʻplami (direktor oʻrinbosari tomonidan muntazam va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan namunaviy tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan hamda oʻquvchilarning boʻsh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish, toʻgaraklar faoliyati va taʼtil kunlariga doir
hujjatlar)

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram
MAKTAB️
Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
❤52👍10🎉8👏1
August 29, 2026 31.2K 3 208