Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 288-son buyrug‘iga ko‘ra
Tadbirni tasdiqlashdan oldin uning xavf darajasi ishtirokchilarning yoshi va soni, oʻtkazish joyi va davomiyligi, transportdan foydalanish, jismoniy faollik, texnik va sahna jihozlari, tashqi mehmonlar ishtiroki, ob-havo sharoiti hamda boshqa xavf omillari asosida baholanadi.
Tadbirning davomiyligi bolalarning yoshi, kun tartibi, taʼlim yuklamasi va dam olish ehtiyojlarini hisobga olgan holda quyidagicha belgilanadi.
1-4-sinf oʻquvchilari uchun – 45 daqiqadan;
5-9-sinf oʻquvchilari uchun – 60 daqiqadan;
10-11-sinf oʻquvchilari uchun – 90 daqiqadan oshmasligi lozim.
Bolani sahnaga chiqishga, rol ijro etishga, shaxsiy fikri yoki maʼlumotini omma oldida bildirishga, shuningdek, unga psixologik noqulaylik tugʻdiradigan topshiriqni bajarishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu Tartib talablariga rioya etilishini taʼminlash direktor zimmasiga yuklanadi.
Tadbirni tashkil etishda ishtirok etgan pedagog, psixolog, tibbiy xodim va boshqa masʼul shaxslar oʻz vazifalari doirasida Tartib talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
💰Oylik bot
https://t.me/maktab_e



