PEDAGOGIK KENGASH BO'YICHA Xalq taʼlimi vazirining 2016-yil… — MAKTAB️ — TG.ME

⚡️PEDAGOGIK KENGASH BO'YICHA

Xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 30-maydagi
6-mh-son buyrugʻiga ko'ra

Pedagogik kengash taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.

Har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning aʼzosi hisoblanadi. Pedagogik kengash kotibi pedagog xodimlar orasidan tayinlanadi.
Pedagogik kengash faoliyati yillik ish reja asosida tashkil etiladi. Ish reja pedagogik kengash yigʻilishida koʻrib chiqilib, maʼqullanganidan soʻng direktor tomonidan tasdiqlanadi.
 
Pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
 
🔹pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
🔹pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;
🔹pedagogik kengash bayonnomasi yigʻmajildlari (reyestri);
🔹pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalari;
🔹pedagogik kengash yigʻilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.

Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Pedagogik kengashning ish rejasi va avgust bayoni (maruzalari bilan) kerak bo'lsa quyidagi tugmaga bosing
👇
@hujjatlar_mutahasisi
❤33👍4🎉1
August 28, 2026 30.5K 108