(Barcha ota-onalar bilishi shart!)
Xot-dog, lavash, gamburger, “xrustyashki”, chips, energetik va gazli ichimliklar... Bugungi kun bolalari va hatto yoshlari sevib isteʼmol qiladigan mahsulotlarning kichik bir roʼyxati bu.
Biroq ushbu yegulik va ichimliklar salomatlik uchun ziyon. Shu sababli Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ularni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, bu turdagi mahsulotlar yurtimizdagi umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar roʼyxatiga kiritilgan.
Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.
Tashqi qavati toza boʼlmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar.
Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli oʼzgargan, yorligʼi boʼlmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar.
🫘Xolodets, parranda va tuyoqli hayvonlar oyogʼidan tayyorlangan hamda kalla goʼshti ruletlari, oʼpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar.
🫔Qoʼziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
🍤Xom dudlangan goʼshtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, kaynatilgan kolbasa.
🥡Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat kontsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida boʼlishi taqiqlanadi.
💰Oylik bot
https://t.me/maktab_e



