Doktoranturani boshlaganimdan beri ikkinchi xalqaro konferensiyada nutq so’zladim. SMAR konferensiyasi 2011 yildan buyon muntazam o’tkazib kelinyapti, va bu sakkizinchisi. Smart materiallar, sun’iy intellekt texnologiyalari va konstruktiv monitoring bo’yicha dunyoning yetakchi olimlari, tadqiqotchilarini bir joyga jamlaydigan anjuman bu gal Germaniyaning Dresden shahridagi Dresden texnologiya universitetida o’tkazildi.
Ushbu konferensiyada menga ham yosh tadqiqotchi sifatida nutq so’zlash, ilmiy ishlarimizdan ba’zilarini taqdim qilish nasib qildi. To’g’risi, bu judayam yoqimli holat bo’lish bilan birga, juda katta mas’uliyat ham yukladi. Sababi men nutq so’zlayotgan zalda tadqiqot payti maqolalarini o’qib o’rganadigan olimlar ham o’tirishgandi. Shukur-ki, muvaffaqqiyatli o’tkazib oldim.
Qolaversa, yuqorida rasmdagi olimlar Elyas Ghafoori, Thomas Niendorf, va Anja Weidner bilan shaxsan suhbatlashib, SMA materiallar bo’yicha fikr almashdik. SMA bo’yicha tadqiqotlar nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda hali mavjud emas. Kelajakda ushbu yo’nalishni O’zbekistonga olib kirish niyatida ekanmini va ular bilan hamkorlik qilmoqchi ekanimni aytdim va ular ham buni qo’llab-quvvatlashdi.
Xullas, missiya bajarildi: taqdimot, networking, yangiliklarni o’rganish! Alhamdulillah!