#tafakkur
Alloh yaratgan barcha narsalar Yer yuzida behuda qolib zarari tegmas ekan. Insonlar ishlab chiqazayotgan narsalarning ko'pi buning aksi, iqlim o'zgarib, o'zinglar ham bilasizlar.
Hatto hayvonlarning tezaklari yer ustida qolib, zarar keltirmaydi, balki tuproqqa o'git bo'ladi, shuningdek, yoqilgan o'tin bo'lsin, uning kuli ham o'git bo'lar ekan. Biz este'mol qiladigan meva-sabzavotlarning po'stlari hayvonlar uchun ozuqa. Joni bor jonzot bo'lsin, o'lgandan keyin, tanasi, suyaklari maydalanib, yer yuzida zarar keltirmaydi.
Endi inson ishlab chiqargan birgina ''boklashkani'' olaylik, chirib yo'q bo'lib ketishiga yillab vaqt kerak bo'ladi, yana tabiatga ham zarar keltiradi. Bunday misollarni ko'plab keltirsak bo'ladi.
Barcha narsani komil va benuqson yaratgan Zot barcha aybu-nuqsondan pokdir. Tabarok Alloh, Subhan Alloh....