Odatda inson tabiatan barqarorlikni yaxshi ko’radi.
Hammasi bir xil ketishini istaydi. Kayfiyat ham, motivatsiya ham, daromad ham, intizom ham doim bir xil bo’lishini xohlaydi.
Lekin hayot unday ishlamaydi.
Va bu - normal.
Siz doim ham o’zingizni yaxshi his qilmaysiz.
Doim ham katta daromad qilolmaysiz.
Doim ham ertalab soat beshda uyg’onolmaysiz.
Doim ham sportga chiqolmaysiz.
Doim ham ibodatingiz, diqqatingiz yoki unumdorligingiz bir xil bo’lmaydi.
Muammo shunda emaski, siz ba’zi kunlari yiqildingiz.
Muammo - o’sha kunni o’zingizning kimligingizga aylantirib qo’yishingizda.
Biz ko’pincha bitta yomon kunni “Men intizomsizman”, bitta muvaffaqiyatsizlikni “Mendan hech narsa chiqmaydi”, bitta xatoni esa “Men o’zgara olmayman” degan xulosaga aylantirib yuboramiz.
Aslida esa rivojlanish to’g’ri chiziq emas.
U ba’zan oldinga, ba’zan orqaga, ba’zan esa bir joyda turgandek tuyuladigan yo’l.
Muhimi - to’xtab qolmaslik.
Hayot keyingi bosqichga aynan mana shu kurashlar orasidan olib chiqadi. Intizom mukammal bo’lgan kunlarda emas, intizom yo’qolgan kunlardan keyin yana o’rningizdan turganingizda shakllanadi.
O’zingizdan har kuni mukammallik kutmang.
Har kuni qaytishni kuting.
Chunki insonni muvaffaqiyatga olib boradigan narsa hech qachon yiqilmasligi emas, har safar yiqilgandan keyin yana yo’lini davom ettira olishidir.
14
9
9
5
5
3July 31, 2026 1.7K 13