Ba’zida odamlar aytishadi: “Doim o’zingni birinchi o’ringa qo’y.”
Men esa bu fikrga to’liq qo’shilmayman.
To’g’ri, insonning o’z maqsadlari, o’z qadri va o’z chegaralari bo’lishi kerak. Lekin hayot faqat “men” atrofida aylanmaydi.
Bilasizmi, ulamolar aytishadiki, dunyoni tushunish uchun Asr surasini o’qishning o’zi yetarli.
“Asr bilan qasam, Albatta inson ziyondadir.
Faqat iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo’lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar mustasno.”
E’tibor bering, bu yerda insonning najoti faqat o’zi bilan bog’lanmayapti. Oyatda bir-birimizni haq yo’lga chaqirish va bir-birimizni sabrga undash ham najot sabablaridan biri sifatida zikr qilinmoqda.
Ya’ni, biz faqat o’zimiz uchun yashab emas, balki bir-birimizga bo’lgan munosabatimiz orqali ham ziyondan holi bo’lamiz.
Shuning uchun men “faqat o’zingni birinchi o’ringa qo’y” degan fikrni to’liq qabul qila olmayman.
Ha, o’z rejamiz, o’z maqsadimiz, o’z hayotimiz bo’lishi kerak. Ammo atrofimizdagi insonlar bilan go’zal muomala qilish, kerak bo’lganda ularga tayanch bo’lish, haqni eslatish va sabr bilan yonida turish ham insonni kamolga yetkazadigan fazilatlardandir.
Ba’zan insonning eng katta yutug’i faqat o’zi uchun yashashida emas, balki boshqalarning hayotiga ham oz bo’lsa-da yaxshilik qo’sha olishidadir.
24
7
6
4
4July 5, 2026 1.9K 7 18