KUAF- Электрон кутубхона телеграмм канали: post #9570 — TG.ME

📚Ziyo maskaniga sayohat


📌Qo‘qon universiteti Andijon filiali Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti talabalari uchun Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga uyushtirilgan ekskursiya chin ma’noda ma’rifat maskaniga qilingan qiziqarli sayohatga aylandi.
Tashrif davomida talabalar axborot-kutubxona markazining zamonaviy xizmatlari, boy va rang-barang kitob fondi hamda shinam o‘quv zallarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular axborot-resurslardan samarali foydalanish tartibi, elektron katalog tizimi va kitobxonlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


📌BATAFSIL


Facebook | Instagram | Website | Telegram | Twitter |
❤2👍1
March 17, 2026 986