Bu gapim "ayrim" ota-onalarga tegishli!
4-sinf o'quvchilari uchun Prezident maktablarida va Agentlik maktablarida bo'lib o'tgan imtihon tugallandi.
Yoshgina bolachalarni Prezident maktabiga kirish uchun kuchli yuklamalar bilan tayyorgarlik ko'rayotgani, ustozlari bilan kechalari mashaqqatli mehnat qilayotganlarini ko'rib o'ylanib qolasan kishi. Shunchalik bolani azoblash shartmi? Bizlar shu yoshda shunchalik qiynalganmizmi?
Ayrim ota-onalar farzandini Prezident maktablarga kira olmagani uchun juda qattiq koyib, ko'chagacha chiqarib qo'yish holatlari bo'layotgan ekan.
Birinchidan: u imtihondagi raqobatni sezganingizda edi. Prezident maktablariga raqobat 200 yoki 300 kishidan 1 kishi qabul qilanadi. 5 000 o'quvchidan (tahminan) bir yilda 24 ta bola qabul qilinadi tasavvur qilayapsizmi? Agentlik maktablarida ham dahshatli raqobatni ko'rish mumkin.
Ikkinchidan: u yerda o'qiganda nima o'zgaradi? To'g'ri raqobat muhiti, ayrim imtiyozlar...
Siz o'zingiz shunaqa raqobatda, shu yoshda hech sinovdan o'tkanmisiz? Siz farzandingiz ko'rsatgan natijaga erisha olasizmi? U ishlagan misollarni bajara olasizmi? Ayrim ustozlaringiz ham yecha olmaydi kerak bo'lsa!!!
Axir u murg'akku? Uni azoblab nimaga erishmoqchisiz?
Ayrim ota-onalar bolam Prezident maktabida o'qisa uni bir hafta ko'raolmayman deb, sinfini Agentlik maktablariga ko'chirmoqda. Chunki har kuni bolani uyga borish, ota-ona mehriga to'yish imkoniyati bor.
Lekin ayrim ota-onalar sen "lattasan", "sen molsan" shu maktabiga ham kiraolmading deb turtkilab tashlayabti! Bu qanaqa sinov? Bu qanaqa o'lchov! Ruhan sinmaydimi u?
Hurmatli Ota-onalar!
Avvalo har bir farzandni "peshonasiga bersin". Alloh buyurgan bo'lsa hech gap emas.
Men repetitorman, bola o'qishi kerak bo'lgan fanidan bir yoki ikki yil mas'uliyat bilan tayyorlansa "lyuboy o'qishga kira oladi". Men kafolat beraman. U hatto 0 darajada bo'lsa ham.
Bolangizni xo'rlamang, uni yoshligini "o'g'irlamang".
Avvalo tarbiya, tartib-intizom, odob, ibo-hayoni o'rgating yetadi.
Omon bo'ling!