KᑌTᑌᗷZOᑎᗴ📚: post #368 — TG.ME

#karvon

Assalomu alaykum va rahmatulloh. Kuni kecha "Peshqadam maktabi"ning yarim yillik hisobot tadbiri boʻlib oʻtdi. Ustozlarni koʻrishlik yana bir bor nasib qildi. Tadbirda "Maktaba" yoʻnalishi aʼzolari taqdirlanishdi. Kutubxonalar statistikasi oʻtkazildi. Ve kelajak maqsadlari qoʻyildi.
Menga taʼsir qilgan gap. Erkin Malik ustozimizning: " Shayx Hazratlarining eng katta niyyatlari kutubxona tashkillash edi. Ular ilm ummonini boshlab berdilar sizlarni har biringiz undagi tomchilarsizlar. Shayximizni ilmiy merosini davom ettirishga oʻz hissangizni qoʻshyabsiz. 35-36 mln aholi ichidan 30 kishi bir guruh boʻlib harakat qilyabdi. Aslida bu biz uchun eng katta yutuq" degan gaplari oʻzgacha taʼsir qildi. Va bu yoʻlda bardavom boʻlishligimiz uchun yana bir turtki boʻldi.
🥰5
October 28, 2024 915 1