Shu hafta ichi shunday zoʻr, shunday ajoyib serial kashf qildim-ki, nimaga avvalroq koʻrmagan ekanman deb oʻzimdan o'pkalandim..
"Prison break". Oxirgi paytlar yotsam ham, tursam ham vaqtim boʻlishi bilan ochib koʻrayotganim, eng yaqin hamrohim. Endi 3-4 kun boʻldi, lekin qiziqqanimdan 1-mavsumini koʻrib tugatay deb qoldim. Balki orangizda koʻrganlar bordir, serialda yosh muhandis boʻlgan bir yigit nohaq qamalgan va oʻlim jazosiga hukm etilgan akasini qutqarish uchun Fox River qamoqxonasiga boradi. Serialda u yerdagi mahkumlar hayoti, baʼzi siyosiy vaziyatlar, har bitta personaj fe'l-atvori judayam maromiga yetkazilib ishlangan va koʻrsatib berilgan.
Masalan, oʻtgan kuni koʻrgan qismimda toʻsatdan oʻlim jazosining naqadar ogʻir, naqadar qiyin jazo ekanligini payqab qoldim. Mahkum o'lmasidan turib oxirgi martta yaqinini bir necha daqiqaga koʻrishi, yoqtirgan taomini yeyishi - hammasi juda fojiaviy, juda ogʻir. Oʻsha mahkumni oʻrniga oʻzingizni qoʻyib koʻrganingizda his qila olasiz buni.
Ayni oʻsha sahnalarda bir fikrim oʻzgardi. Hozir ham oʻlim jazosi qoʻllanishini qoʻllab-quvvatlardim baʼzi bir odamlar uchun. Lekin atigi bitta qismidan keyin bu turdagi jazoning yoʻq boʻlgani eng toʻgʻri qaror ekanligiga amin boʻldim.
Aslini soʻrasangiz serialga Instagramda bir video orqali qiziqib qolib boshlagandim. Keyin mavzusi umuman boshqacha ekanini koʻrdim-u, battar qiziqib qoldim. Atigi 1-2 ta qism koʻrishingiz bilan oʻziga bogʻlab oladigan serial.
Aktyorlarning oʻta oʻta oʻta kelishganligi:) serialni koʻrishingiz uchun bir sabab boʻlsa, ssenariy va mavzu ajoyibligi, zoʻr ishlanganligi va eski yillarda olingan serial ekanligi yana bir boshqa sabab)
Nimayam derdim, #tavsiya qilaman, qidiring, toping, koʻring.




















