Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarni asossiz yoki majburan reyestrdan chiqarish holatlari ham kuzatilmoqda. Bu esa fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya va koʻmaklardan foydalanish imkoniyatidan mahrum boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb bayonot berdi Bandlik vazirligi.
Vazirlik murojaatlarni oʻrganib, holatlar tasdiqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslarga chora koʻrishga vaʼda berdi.
Ijtimoiy reyestrga kiritishni asossiz rad etish yoki sun’iy ravishda reyestrdan chiqarish holatlarini avvalroq davlat rahbari ham tanqid qilgan va Bosh prokuraturaga topshiriq bergan edi.
👉 https://kun.uz/90654704
Kun.uz rasmiy kanali




