Trampning vakillari Moskva va Kiyevga yangilangan tinchlik takliflarini olib borib, muzokaralar uchun yangi imkoniyat izlamoqda. Biroq shu fonda Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaymoqda.
Berlin Moskvani Leypzig aeroportini portlatishga urinishda ayblab, Bonn shahridagi Rossiya konsulligi va "Rus uyi"ni yopib qo‘ydi. Bunga javoban Rossiya Sankt-Peterburgdagi Germaniya konsulligi va Gyote institutini yopdi.


