Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelmoqda

Prezident kambag‘allikni qisqartirish mavzusida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda aytilishicha, ehtiyojmand aholi soni yil boshidagi 2,2 mln nafardan hozir 1,5 mln nafargacha kamaygan. 49 ta tuman va 3429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda.

“O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Masalan, Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelyapti. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
👍89🔥28❤20👏10😁6😐3🤔1
September 3, 2026 8.8K 15