Kiyevda kuch tuzilmalari o‘rtasida otishma, Ispaniyada esa namoyishlar – kun dayjesti
• Kiyevda Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining «ayrim bo‘linmalari o‘rtasida» otishma yuz berdi;
• Prezident Zelenskiy voqeani «mutlaqo sharmandali holat», deb atadi va Xavfsizlik xizmati mansabdorini ishdan oldi;
• AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining «Abraham Linkoln» aviatashuvchisi Tailandga langar tashladi. 200 kundan ortiq ochiq dengizda xizmat qilgan harbiylarda ruhiy muammolar kuzatila boshlagan;
• Ispaniya bo‘ylab o‘n minglab odamlar Seutadagi chegara inqiroziga norozilik bildirish maqsadida ko‘chalarga chiqdi;
• Yevroittifoq rossiyaliklarga viza cheklovlarini kuchaytiradi: xususan, Ukrainadagi urushda qatnashganlar Yevropaga kiritilmasligi ko‘rib chiqilmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/62645074
Kun.uz rasmiy kanali
14September 3, 2026 9.3K 5