Chiqindi tashiydi, deb mensishmaydi...» — yarim asrlik haydovchining… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

«Chiqindi tashiydi, deb mensishmaydi...» — yarim asrlik haydovchining mehnati va baxt siri

Har tong toza ko‘chalardan o‘tib ketarkanmiz, buning ortida kimlarning zahmati borligini ko‘pincha xayolimizga keltirmaymiz. Shahar hali uyquda bo‘lgan paytda ishga otlanadigan ana shunday insonlardan biri — yarim asrga yaqin umrini rulda o‘tkazgan chiqindi tashuvchi haydovchi. Uning mehnati ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin, ammo har kuni minglab odamlar his qiladigan tozalik ortida qahramonimizning mashaqqati bor.

Yillar davomida u odamlarning turli munosabatini ko‘rdi: kimdir mehnatini qadrladi, kimdir esa «chiqindi tashiydi» deb mensimadi. Ammo uning o‘zi uchun baxtning mezoni boshqacha — halol mehnat, oilasi va har kuni ishiga rozi bo‘lib qaytish.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
❤34🔥3👍2
August 31, 2026 8.4K 14