Nomus uchun jang. 17 yoshli qiz qanday qilib Italiya qonunlarini o‘zgartirgandi?
1965 yil. Sitsiliyada 17 yoshli Franka Violani bir zo‘ravon o‘g‘irlab ketib, bir hafta davomida zo‘rlaydi. U paytlar zo‘ravonlar o‘z qurboniga uylansa, jazodan qutulib qolardi.
Filippo Melodiya ham qizga «oila shaʼni»ni saqlab qolish uchun uylanishni taklif qiladi. Biroq qiz “yo‘q” deydi!
Italiyada bunaqa holatlar ko‘p bo‘lar, aksar qizlar jimgina zo‘ravonlarga tegib ketaverardi. Franka esa bunga rozi bo‘lmay, jamiyatga isyon qiladi. Oxir-oqibat butun boshli qonunlar o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi.
👉 https://kun.uz/uz/71030709
Kun.uz rasmiy kanali

31
14
8
7
3
1August 31, 2026 10.1K 15