Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Si Jinping bilan uchrashdi O‘zbekiston… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Si Jinping bilan uchrashdi
 
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanhay Hamkorlik Tashkiloti sammiti munosabati bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib turibdi. Sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi Xitoy raisi Si Jinping bilan muzokara o‘tkazdi.
 
2025-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 mlrd dollarga yaqinlashdi, yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 30 milliardga yetkazish bo‘yicha yangi marrani belgilash taklif etilmoqda.

O‘zbekiston an’anaviy va muqobil energetika sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda Xitoy kompaniyalarini tinch atom loyihalariga jalb etishdan manfaatdorligini bildirdi.

👉https://kun.uz/83727815

Kun.uz rasmiy kanali
❤19👍8🤯1
August 31, 2026 7.8K 5