Ayrim hududlarda 30-avgust kuni uchun harorat rekordlari qayd etildi
Kecha Samarqand shahrida havo harorati 38 darajagacha, Buxoro shahrida esa 39,3 darajagacha koʻtarildi – 30-avgustda bu shaharlarda bunchalik issiq boʻlishi oxirgi marta oʻtgan asrning birinchi yarmida kuzatilgan edi.
Navoiy shahrida esa harorat 40,5 darajagacha koʻtarilib, 2010-yilning 30-avgustidagi 38 darajalik rekord yangilandi.
Sirdaryo viloyatida 2015-yil 30-avgust kungi havo rekordi takrorlandi: 38,1 daraja.
👉 https://kun.uz/uz/81138815
Kun.uz rasmiy kanali

12
12
7
2
1August 31, 2026 12.3K 4