O‘zbekiston prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Bishkekda o‘tayotgan navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev tashkilotga aʼzo mamlakatlar ishtirokida maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan SHHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etdi.
Natijada biznes, investorlar va davlat tuzilmalari uchun amalda universal raqamli darcha paydo bo‘ladi. Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan SHHT Taraqqiyot bankini amalda ishga tushirishga o‘tish zarur deb hisoblaymiz, dedi O‘zbekiston rahbari.
👉 https://kun.uz/uz/67992140
Kun.uz rasmiy kanali



