Biznesga daxldor normativ hujjatlarni tadbirkorlar bilan bemaslahat qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi
Yangi qonunga binoan, tadbirkorlik subyektlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari regulation.gov.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi, shuningdek, Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan oʻtkazilishi kerakligi belgilandi.
Biznes zimmasiga yangi majburiyat, javobgarlik yoki cheklovlar yuklashni nazarda tutuvchi NHH loyihalari, tartibga solish taʼsiri baholanmagan boʻlsa, qabul qilinmaydi.
👉 https://kun.uz/uz/07976626
Kun.uz rasmiy kanali

11
4
1August 21, 2026 14.6K 8