dolzarb_90_kun 🎓 “Dolzarb 90 kun” dasturi amalda! 🏫 Qo‘qon… — KUAF (official)🇺🇿 — TG.ME

#dolzarb_90_kun

🎓 “Dolzarb 90 kun” dasturi amalda!

🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filiali Tibbiyot fakulteti talabalari yozgi ta’til davomida aholi salomatligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
👩‍⚕️ Talabalar mahallalarda patronaj hamshiralik xizmatlarini amalga oshirib, fuqarolarga sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish va profilaktika bo‘yicha tavsiyalar bermoqda.
⚡️ Shuningdek, oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlariga amaliy ko‘mak berib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlamoqda.

✅ Bunday tashabbuslar talabalarning kasbiy tajribasini oshirish bilan birga, aholi salomatligini asrashga xizmat qiladi.

✔️ KUAF rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❤15⚡2❤‍🔥2👍2🔥2
September 4, 2026 6.4K 89 4