📢 Eʼlon: O’zbekistondagilar uchun (23-26 iyul kunlari) Ish taklifi!
Hurmatli do‘stlar, iyul oyida Seul shahri hokimligi va Seul hokimyati qoshidagi xorijlik talantlarni Seulga jalb qilish bilan ishlaydigan PERSOLKELLY Consulting Korea agentligi O’zbekistonga boradi.
Shu sababli agentlik quyidagi vazifalar bo‘yicha ishtirok etadigan ishonchli odamlarni izlamoqda. Loyihada qatnashgan barcha ishtirokchilarga O’zbekistondagi bozor narxida haq to‘lanadi.
🔹 Mahalliy muvofiqlashtiruvchi – 1 kishi
Mahalliy tashkilotlar bilan muloqot, joylarni tekshirish va tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanishi kerak. (23-26 iyul kunlari)
🔹 Tarjimonlar – 3 kishi (TOPIK 6)
• 1 kishi – butun kun davomida jamoaga tarjima bilan yordam beradi (masalan, Seul hokimiyati vakillari bilan uchrashuvlarda).
• 1 kishi – seminar vaqtida (jonli sessiya + savol-javob) tarjima qiladi. Tayyorlov jarayoni va seminarni o‘z ichiga oladi. (23-26 iyul kunlari)
🔹 Hujjatlashtirish (foto/video) – 1 yoki 2 kishi
• 1 kishi – video va foto olish, keyin esa montaj qilish bilan shug‘ullanadi.
yoki
• 2 kishi – biri faqat video, ikkinchisi faqat foto uchun javobgar bo‘ladi (ikkalasi ham montaj qiladi). (24-25 iyul kunlari)
💬 Agar ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz yoki tanishlaringizni tavsiya qilmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, @yelena_chuyanova bilan bog‘laning.