qabul2026 📌 Arxitektura yo'nalishlariga qabul davom etmoqda!… — KIUT Samarqand Rasmiy — TG.ME

#qabul2026

📌 Arxitektura yo'nalishlariga qabul davom etmoqda!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida 2026/2027-o’quv yili uchun qabul boshlandi!

Arxitektura va shaharsozlik — bu binolar, inshootlar va butun shahar muhitini loyihalash, qurish va rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim yo‘nalishi. Bu soha nafaqat alohida bino dizayni, balki shaharlarning qulay, xavfsiz va chiroyli bo‘lishini rejalashtirishni ham o‘rganadi.



🎓 Ta’lim davomida nimalar o‘rganiladi?

Talabalar quyidagi fanlarni o‘rganadi:
• Arxitektura loyihalash asoslari
• Shaharsozlik va hududlarni rejalashtirish
• Qurilish konstruksiyalari
• Landshaft arxitekturasi
• Dizayn va kompozitsiya
• Qurilish materiallari
• Kompyuterda loyihalash (AutoCAD, ArchiCAD, 3D dasturlar)



👷 Bitirgandan keyin kim bo‘lish mumkin?

Bu yo‘nalishni bitirganlar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
• arxitektor
• shaharsoz (urbanist)
• loyiha muhandisi
• landshaft dizayneri
• qurilish kompaniyalarida mutaxassis
• davlat arxitektura va qurilish tashkilotlarida mutaxassis

📍 KIUT - kuchlilar tanlovi!

☎️ Batafsil ma’lumot: (55) 702 40 40

🌎 Onlayn ro’yxatdan o’tish: admission.kiut.uz

📍 Manzil: Samarqand sh., H.Abdullayev k., 63-uy.

🎓 KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Threads
❤6🤔1
August 12, 2026 8K 18