2026-yil 27-avgust kuni «MODA YO‘LI» respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining Fashion Design yo‘nalishi talabalari Fattayeva Zaynura hamda Fayzullayeva Shaxnoza faol ishtirok etdilar.
Tanlov yakunida talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, moda sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali jamoasi talabalarning ushbu yutuqlarini e’tirof etib, ularni kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Threads







