Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
📋 Tanlov nizomi
📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.
Bizni kuzating:


