O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib, o‘zining samarali faoliyati va fidokorona mehnati bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.
Quvonarlisi, ular orasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali xodimlari ham bor.
🔹Qurbonov Dilmurod Maripjanovich -Akademik faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshlig'i;
🔹Abduxalilov Rahmatillo Xaydaraliyevich -Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari rahbari;
🔹Maqsudova Nodira Alijonovna -Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri.
Ular “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali jamoasi nomidan ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan xodimlarimizni muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!🇺🇿💐
Bizni kuzating👇
🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I




