DIQQAT! MAGISTRATURA QABULI UCHUN ENG SO‘NGGI IMKONIYAT! Toshkent… — KIUT | Namangan rasmiy — TG.ME

🚨 DIQQAT! MAGISTRATURA QABULI UCHUN ENG SO‘NGGI IMKONIYAT!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali magistratura bosqichida tahsil olish istagida bo‘lgan, ammo jarayonni yakunlay olmagan nomzodlar diqqatiga!

📌 Ushbu e’lon quyidagi toifadagi talabgorlar uchun:

Belgilangan vaqtda suhbat jarayonlariga kela olmaganlar;
Hozirga qadar platformadan ro‘yxatdan o‘tishga umuman ulgurmaganlar.
Magistraturada o'qish niyyatida bo'lganlar.

⚡️ QABUL JARAYONLARI YAKUNLANMOQDA!

Sizda talabalar safiga qo‘shilish uchun eng so‘nggi imkoniyat mavjud. Nomzodlar zudlik bilan Magistratura dekanatiga shaxsan (oflayn) kelib, ro‘yxatdan o‘tishlari va barcha hujjatlarini topshirishlari shart.

⚠️ QAT’IY OGOHLANTIRISH:
Hujjatlar faqat 2026-yil 4-sentabr (juma) kuniga qadar qabul qilinadi. Shundan so‘ng qabul jarayonlari butunlay yopiladi, qayta hech qanday hujjat qabul qilinmaydi va talabalikka qabul qilish buyrug‘iga kiritilmaydi!

📄 O‘zingiz bilan olib kelishingiz shart bo‘lgan hujjatlar:

📜 Bakalavriat diplomi va uning ilovasi (asl nusxasi);
🪪 Pasport yoki ID-karta nusxasi;
📷 3x4 o‘lchamdagi fotosurat (1 dona);


🏛 Manzil: Doshklo hududidagi bino, C-109-xona (Magistratura dekanati)
📅 Oxirgi muddat: 04.09.2026 (Juma)

Imkoniyatni boy bermang, kech qolmasdan dekanatga uchrashing!

Magistratura rasmiy kanaliga a'zo bo'ling: https://t.me/kiut_masters
❤15
September 2, 2026 4.4K 27