📚 ILM ZIYO 📚: post #19627 — TG.ME

Forwarded fromKUKutubxonalar
❗️ #KANAL_HAQIDA
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, aziz va hurmatli kanalimiz a’zolari! 🤲😇
«Bu qanday kanal? Nega ehson qilish uchun karta raqamlari joylanadi? Tushayotgan ehsonlar qayerga va qanday maqsadda yo‘naltiriladi?» — degan savollar tug‘ilishi tabiiy.
Qisqacha aytganda, bu kanalning asosiy maqsadi — millatimiz, xalqimiz va yurtimiz ravnaqi uchun xolis qilingan ehsonlarni ilm-ma’rifat yo‘liga sarflashdir.
🤲 Ehsonlar hisobidan yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida, sivilizatsiya va zamonaviy imkoniyatlardan uzoqroq hududlarda kutubxonalar tashkil qilinmoqda.
Bu kutubxonalar orqali yoshlarimiz va xalqimizga kitob o‘qish, ilm olish, ma’naviy salohiyatini oshirish va dunyoqarashini kengaytirish uchun imkoniyat yaratish maqsad qilingan.
✍️ Bugungi kungacha tashkil etilgan kutubxonalar haqida ma’lumotlarni, shuningdek, faoliyatimiz va amalga oshirilgan ishlarimizni yoritgan televideniye lavhalari hamda videolarni kanalimizda ulashib bormoqdamiz.
📚 Ehsonlaringiz qayerga sarflanayotganiga oid ma’lumotlar va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Pastda tashlayman.
🤲 #КУТУБХОНА_УЧУН_ХАЙРИЯ
«Men ham iymon va ixlos bilan ilm yo‘liga hissa qo‘shmoqchiman», degan barcha azizlarni xayrli ishga chorlaymiz.
🌱 InshaAlloh, yurtimiz bo‘ylab 1000+ ta kutubxona tashkil qilamiz!
Har bir ehson — bir kitobga,

har bir kitob — bir qalbga,

har bir qalbdagi ilm esa — butun jamiyatga manfaat bo‘lishi mumkin. 🤲📚
Alloh taolo qilayotgan ehsonlaringizni dargohida qabul qilsin va uni xalqimiz uchun manfaatli ilmga sababchi qilsin. Omin! 🤲

🌙 Эҳсон қилиш учун:

📌
@Peshqadam_kutubxonauz
Telegram
Kutubxonalar
AVVAL BERING KEYIN OLASIZ. Alloh taolo aytadi: “Alloh yo‘lida mol sarflaydiganlarning misoli bitta donaga o‘xshaydi: u yetti boshoq chiqaradi, har boshoqda yuztadan don bo‘ladi. Alloh xohlagan kishiga bundan ham ko‘proq beradi.” — Qur'an, Baqara 261 Ya’ni…
August 28, 2026 56