📖 "Kafansiz ko'milganlar"
Boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, to‘g‘rirog‘i, xo‘rliklarini eslash insonni yana bir karra og‘ir azobga ro‘baro‘ qiladi. Uni yozish esa... Qatag‘onlik davri tasviri, undan ham og‘iri o‘zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so‘zsizlik...
Ushbu asar Shukrulloning avtobiografik qissasi bo‘lib, o‘quvchiga qatag‘on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.
Shukrullo ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg‘a etilgan o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir.
