Allohga maktub
Robbim! Bu men — bugun Sening yo‘lingda yuraman, deb so‘z berib, ertasi kuni gunohni niyat qilgan bandangman.
Odamlarning ko‘zida Senga juda ham muhabbatli bo‘lib ko‘ringan, ammo qalbini dunyo sevgisi bilan to‘ldirgan o‘sha quling menman, Robbim.
Ey Allohim! Axir odamlar yomonlikni niyat qildi, o‘g‘rilikni niyat qildi, odam o‘ldirishni niyat qildi, faxshni niyat qildi. Sen esa niyatiga yetkazding.
Men Senga munosib, Rasuling yo‘lida yuradigan, solih bandalaringga o‘xshagan, dunyodan zohid, ilmiga amal qiladigan, taqvoda sobit turishni niyat qildim.
Axir Sen bularni bilarding-ku! Nega meni gunohlar ichida qoldiryapsan, nega meni ulardan qutqarmaysan?
Robbim, men Seni sevishimni ba’zilarga o‘xshab faqat tilim bilan aytishni xohlamayman. Men Seni haqiqiy sevishni xohlayman, Seni qalbim bilan sevishni istayman. Yolvoraman, bunga izn ber!
Qalbimda shunday g‘amlarim borki, ularni Sendan boshqasiga aytsam, tushunmaydi, Sendan boshqasi yordam berolmaydi. Qalbimga yengillikni ber, Allohim.
Yo‘limni toatingga burib qo‘ygin, Robbim. Chunki buni juda ham istayman, juda ham...
@kitobdan_parchalarr