KITOB TAQDIMOTI
“INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026” XV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA
✨ Nurobod tuman Axborot-kutubxona markazida “Bir daqiqa – bir kitob” loyihasi doirasida 26-umumta’lim maktabi öquvchilari iştirokida jahon adabiyotining nodir durdonalaridan biri — Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina şahzoda” asari taqdimoti tashkil etildi.
📖 Taqdimot davomida öquvchilar asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgulik, mehr-oqibat, döstlik, sadoqat va insoniy qadriyatlar haqidagi ğoyalar haqida ma’lumotlar berdilar.
🌟 “Kichkina şahzoda” — oddiy bolalar ertagi emas, kitobdagi “Eng muhim narsani köz bilan körib bölmaydi, uni faqat yurak bilan his etiş mumkin” degan hikmat öquvçilarni çuqur muşohadaga çorladi.
📚 Mazkur tadbir yoş avlod qalbida kitobga mehr uyğotiş, badiiy adabiyotga qiziqişni oşiriş hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirişga xizmat qildi.
Переслано изMohira Elmurodova
3
1
1
120 ноября 2026 г. 113







