Daftar hoshiyasidagi bitiklardan Ming yil yashagan bir sahoba…

Переслано изBIBir daqiqa-bir kitob
📖 Daftar hoshiyasidagi bitiklardan

Ming yil yashagan bir sahoba: "Esiz-esiz, u eshikdan kirdimu bu eshikdan chiqib ketayapman", degan ekan.
Shunaqa, bolam... Hech kim o‘lishni o‘ylamaydi. Ammo odamzodga umr o‘lchab berilgan. Shuncha­likka shuncha-ku, odamning umri necha yil yashagani bilan o‘lchanmaydi.
Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib ketayotganda qo‘lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g‘isht qo‘yib ketadi.
Yana bir xillari bor: o‘sha imoratdan aqalli bitta g‘ishtni o‘g‘irlab ketgisi keladi. O‘g‘irlab-ku, hech qayerga borolmaydi, narigi eshik oldiga borganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi...

O‘tkir Hoshimov
❤1🔥1👏1
22 ноября 2026 г. 106