Hoy abituriyent, ayt nega holing parishon ? Sertifikat deb yuraging siqilyaptimi ?! Go'yoki dunyoda birgina sening, A+ olishing cho'zilyaptimi ?! Ko'zingda uyqu yo'q, ko'nglingda tinchlik, Fursat oz qolgani sezilyaptimi? Bu ham yetmagandek ba'zi so'qirlar, "Pul bilan oldim" deb suzilyaptimi? Siqilma sinovdir bu imtixon ham, Ko'p uchrar yo'lingda oqil-nodon ham, O'qisang topilar sertifikatga iloj, Qing'irlik-la olsang o'lar vijdon ham ! Ilm yo'llaring shartlari shunday, Bir kuni tosh bo'lsa, bir kuni cho'lday, Ko'ngling bu onlarning mitti uchqunday, Tez yonib o'chishin his qilyaptimi? Qayg'uga berilma, kuyinma jo'ra, O'ylanib o'tirma tur undan ko'ra, Aqlni bergandan chorasin so'ra, To'xtama to yurak duk uryaptimi !
May 5, 2025 1.3K 13