❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi
#abituriyent
Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi.
O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi.
Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi.
‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


















