Tuzlarni yozishdagi asosiy qoida !!!
Gidro - qoʻshimchasi boʻlsa kislota qoldig’ining tarkibida H bor degani.
Agar gidro boʻlsa 1 ta H , digidro boʻlsa 2 ta H , trigidro boʻlsa 3 ta H bor degani
!!!
Qisqacha tushuntirib òtaman 📌
H4P2O7 bu pirofosfat kislota , endi bu kislotaning qoldiqini yani qanday koʻrinishda tuz tarkibida boʻla olishini koʻramiz:
-H3P2O7 - tri gidro pirofosfat
-H2P2O7
di gidro pirofosfat
-HP2O7
gidro pirofosfat
-P2O7
pirofosfat
Umumiy qoidacha 🔹
Demak kòp negizli kislotalarda ,ularning qoldiqlari tarkibidagi vodorodlar ( H) lar soni kamaygani sari valentligi ortib boradi .
Misol uchun :
H4P2O7 da :
-H3P2O7. ( 1 val)
-H2P2O7. ( 2 val)
-HP2O7 ( 3val )
-P2O7. ( 4 val )
H2Cr2O7 dixromat kislota :
-HCr2O7 ( 1 val )
Cr2O7 ( 2 val)
Bir negizli kislotalarda esa doim kislota qoldigining valentligi 1 ga teng . 🔹
Misol uchun :
HCl xlorid kislota
- Cl xlorid
HBr bromid kislota
-Br bromid
HClO4 perxlorat kislota
-ClO4 perxlorat
Endi gidrokso qoʻshimchasiga oʻtsak ,
Agar -gidrokso qoʻshimchasi boʻlsa tuz tarkibida , bu degani (OH )i bor degani,
agar gidrokso boʻlsa 1 ta OH , digidrokso 2 ta OH ,trigidrokso boʻlsa 3 ta OH bor degani .
Fe(OH)3 , temir 3 gidroksid :
Fe(OH)2- , temir 3 gidrokso -
FeOH - , temir 3 gidrokso -
Fe - temir 3
Umumiy qoidacha :🔹
Agar koʻp valentli metal gidroksidlarida,ularning asos qoldiqidagi gidroksid gruppa (OH) lar soni kamaysa valentligi ortib boradi , metall valentligi esa oʻzgarmaydi .
Misol uchun:
Al(OH)3 alyuminiy gidroksidda
Al(OH)2 - ,( 1 val )
AlOH - , ( 2 val)
Al - , ( 3 val)
Demak endi tuz formulasini yozib kòramiz :
kaliy perxlorat
KClO4
magniygidroksoxlorid
MgOHCl
magniy gidrofosfat
MgHPO4
kalsiy gidrokso sulfat
(CaOH )2SO4
temir3 digidroksofosfat
(Fe(OH)2)3PO4
xrom 3 gidrosulfat
Cr(HSO4)3
Tuzlarning formulasini yozib olishda , tuz tarkibida agar gidro- sozi berilsa , kislota qoldiqining soni kislota tarkibidagi H bilan òrni almashgan Metallning valentligiga qarab( moslab) yozamiz , metallning sonina esa , kislota qoldiqi valentligiga mos ravishda tòg’irlab olinadi:
temir 3 digidropirofosfat
Fe2(H2P2O7)3
Foydali bòlgan bòlsa xursandman :)
@Kimyo_Taxlil