Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman.
—
Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей.
В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог.
Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать.
Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор.