Mehnat va sadoqatning munosib e’tirofi Kasbiy ta’lim agentligi hamda… — Kasbiy ta’lim agentligi — TG.ME

Mehnat va sadoqatning munosib e’tirofi

Kasbiy ta’lim agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida samarali ishlarni tashkil etishga qo‘shgan munosib hissasi, tashabbuskorligi va fidokorona mehnati uchun Ta’lim jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Saxibov Oybek Kuyliyevich III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bunday mukofot nafaqat erishilgan natijalarning munosib bahosi, balki kelgusidagi faoliyat uchun yanada katta mas’uliyat va yangi marralarga intilish uchun muhim rag‘batdir.

📌Ushbu e’tirof samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi natijalarga erishish uchun munosib rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍7❤4⚡2🙏2🏆1
September 2, 2026 1.3K 20