Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatildi 2-sentabr kuni Toshkent… — Kasbiy ta’lim agentligi — TG.ME

Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatildi

2-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Islom Karimov mamlakatimiz tarixining gʻoyat murakkab va masʼuliyatli davrida Oʻzbekistonga rahbarlik qildi. Uning nomi mustaqillikning qoʻlga kiritilishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yoʻliga chiqishi bilan uzviy bogʻliq.

Mustaqillik, eng avvalo, bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤5👍3🔥2
September 2, 2026 1.9K 5