Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining Turkiyada malaka oshirish… — Kasbiy ta’lim agentligi — TG.ME

Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining Turkiyada malaka oshirish dasturi xorijiy OAV e’tiborida

Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan xalqaro tajribalarni o‘rganish va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida navbatdagi malaka oshirish dasturi amalga oshirildi.

Dastur doirasida “Payvandlash” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 22 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Konya Savdo palatasi Kasbiy ta’lim va raqamli transformatsiya xizmatlari kompaniyasida malaka oshirdi.

📺Ushbu hamkorlik va malaka oshirish jarayonlari Turkiyaning ommaviy axborot vositalari nigohida ham bo‘ldi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤4🥰2👏2🙏2🔥1
August 28, 2026 4.3K 39