Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek… — Kasbiy ta’lim agentligi — TG.ME

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

“Bishkek-Arena” stadionida boʻlib oʻtgan tadbirda ShHT davlatlari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi, jumladan, Oʻzbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan oʻq otish, ot sporti boʻyicha bellashadilar.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤4👍2🔥1🎉1
September 1, 2026 2.2K 3